XONADONLAR 324 MLN. SO‘MDAN

Aksiya!
Ipoteka

Majmua haqida

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» umumiy maydoni 14 400 kvadrat metr bo‘lgan, baxtli hayot uchun kerakli bo‘lgan barcha sharoitlarga ega funksional majmua hisoblanadi. Loyiha Urban pro arxitektura va dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Turar joy majmuasi 6 ta to‘qqiz qavatli binolardan tashkil topgan va Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida, Temur Malik va Do‘rmon Yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan.

Mualliflik texnologiyasi

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» TJMda Sizning uyingiz uchun monolit va panel qurilish ustunliklarini o’zida mujassamlashtiruvchi maxsus mualliflik texnologiyasi ishlab chiqilgan. Uylarning devorlari uch qatlamdan tashkil topgan. Tutib turuvchi va pardozlash panellari orasiga qishda issiqni va yozda salqinlikni saqlab turuvchi qo’shimcha isitgich qo’yilgan. Shuningdek, bu shovqindan qo’shimcha himoya va 9 balldan yuqori seysmik chidamlilik bilan ta’minlaydi.

Infratuzilma

Hududda to‘liq shakllangan infratuzilma mavjud: savdo markazlari, oziq-ovqat do‘konlari, kafe va restoranlar, tibbiyot klinikalari va dorixonalar, maktablar, bolalar bog‘chalari va ijtimoiy-mayishiy maqsadga qaratilgan boshqa ob’ektlar.
«Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar joy majmuasi baxtli oilaviy hayot uchun mo‘ljallangan. 6 ta turar joy binolari sport va bolalar maydonlari, sayr yo‘laklari, xavfsiz avtoturargoh hududlari, shiyponchalar, shaxsiy bolalar bog‘chasi va zamonaviy maktabga ega.

Xavfsizlik

Turar joy binolari kun-u tun videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan va unda qo‘riqlash xizmati faoliyat olib boradi. Kameralar majmuaning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan. Qo‘riqlash xizmati xodimlari doimiy ravishda videokuzatuv monitorlarini nazorat qilib boradilar va zarurat tug‘ilib qolsa, tartib buzilishi holatlariga tezkorlik bilan chora ko‘ra oladilar.

Bolalar uchun

Piyoda yurish masofasida bolalar bog‘chasi va maktablar borligiga qaramay, loyiha bo‘yicha turar joy majmuasi hududida zamonaviy umumta’lim maktabi va bolalar bog‘chasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Maktab bir vaqtning o‘zida 660 ta o‘quvchiga ta’lim beradi, bolalar bog‘chasi esa 210 ta bolaga mo‘ljallangan. Maktab xalqaro standartlarga muvofiq sifatli ta’lim uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Bolalar bog‘chasi infratuzilmasiga o‘yinlar uchun funksional hududlar, sport va faollar zali, sayr va bolalar maydonlari kiradi. Maktabda zamonaviy o‘quv sinflari, sport va faollar zallari ko‘zda tutilgan.

Ipoteka

Agar siz xonadon xarid qilish uchun qo‘lingizda to‘liq summaga ega bo‘lmasangiz, ipoteka aynan siz uchun! Biz o‘z mijozlarimizga ajoyib shartlar asosida ipoteka taklif qilamiz.

Bizning «Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar joy majmuamizdan xonadon xarid qilib, siz mablag‘laringizni to‘g‘ri yo‘naltirayotganingizga hamda Toshkentdan qulay uy xarid qilayotganingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Joylashuv

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar joy majmuasi Toshkent shahrining nufuzli Mirzo Ulug‘bek tumanida, Temur Malik va Do‘rmon Yo‘li ko‘chalari kesishmasida, Minglola mahallasida joylashgan. «Assalom Do‘rmon Yo‘li» TJMning yaqinida 10-sonli avtobus saroyi bo‘lib, u orqali shaharning istalgan joyiga yetib olish mumkin.

Salomatlik

Siz davlat va xususiy tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, hamyonbop va sifatli tibbiy xizmatlar olishingiz mumkin. Majmuaning yaqin atrofida 8-sonli oilaviy poliklinika, Lor-klinika, Nuroniy va Frank Medic xususiy klinikalari, Premium Dental stomatologiyasi faoliyat yuritmoqda. Sport ixlosmandlari uchun La fitness, Platinum fitness, Shodlik sport va fitnes klublari hamda 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi mavjud.

Ta’lim

Uy sotib olayotganda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, xususan ta’lim maskanlari mavjudligiga alohida ahamiyat qaratish lozim. «Assalom Do‘rmon Yo‘li» hududida xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy maktab, shuningdek farzandlaringiz qulayligi va rivoji uchun zarur barcha jihozlar bilan ta’minlangan bolalar bog‘chasi bo‘ladi.

Savdo nuqtalari

TJMdan xonadon xarid qilganingizdan so‘ng, xaridlar qilish siz uchun yengil va oson bo‘ladi. Mashinada 2 daqiqa va piyoda 12 daqiqa yurish masofasida Makro supermarketi joylashgan, xuddi shu masofada — Avayxon bozori ishlaydi, ularda siz o‘zingiz uchun barcha kerakli mahsulotlarni topishingiz mumkin. TJMning quyi qavatlaridan tijoriy ob’ektlar joy egallaydi.

Ovqatlanish va ko’ngilochar maskanlar

Oila a’zolaringiz bilan sayr qilish uchun IIV Akademiyasi bo‘ylab joylashgan xiyobon va sayr yo‘laklari qo‘l keladi, yaqin masofada Gulshan nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘i bor. «Assalom Do‘rmon Yo‘li» TJMning har bir aholisi o‘zini qulay his qiladi, chunki uydan uzoq bo‘lmagan joyda do‘stlar bilan choyxonada o‘tirish, tushlik qilish yoki oilaviy bayramlar nishonlash mumkin.

Yangi xonadonda sizning ta’miringiz

Xonadonlar tayyor ta’mirdan – chiqqan holda taqdim etiladi – santexnika, isitish va elektr tizimi bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilgan.

dormon-remont
dormon-remont-2

Yangi xonadonda sizning ta’miringiz

Xonadonlar tayyor ta’mirdan – chiqqan holda taqdim etiladi – santexnika, isitish va elektr tizimi bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilgan.

dormon-remont
dormon-remont-2

Kirish va xonalar orasidagi eshiklar

Polning laminatlangan qoplamasi

Vannada sifatli keramik plitkalar

O‘rnatilgan santexnika tarmoqlari

Shaxsiy isitish tizimi

Ikki kamerali derazalar

AKSIYA!

Oshxona mutlaq
bepul!

Oshxona sotib olayotganda, agar barcha jihatlar inobatga olinmasa, ko‘pchilik unga ortiqcha xarajat qilib qo‘yishi mumkin. Ammo bizda hammasi o‘zgacha – «Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar joy majmuasidan xonadon xarid qilganingizda, oshxonani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritasiz!

Xonadon maydoni va loyihasidan kelib chiqqan holda, taqdim etiladigan oshxonaning kattaligi rasmda ko‘rsatilgan oshxonaning kattaligidan farq qilishi mumkin.

Oshxona mutlaq
bepul!

Oshxona sotib olayotganda, agar barcha jihatlar inobatga olinmasa, ko‘pchilik unga ortiqcha xarajat qilib qo‘yishi mumkin. Ammo bizda hammasi o‘zgacha – «Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar joy majmuasidan xonadon xarid qilganingizda, oshxonani sovg‘a sifatida qo‘lga kiritasiz!

Xonadon maydoni va loyihasidan kelib chiqqan holda, taqdim etiladigan oshxonaning kattaligi rasmda ko‘rsatilgan oshxonaning kattaligidan farq qilishi mumkin.

AKSIYA!

Sizning 1 xonali xonadoningiz
324 000 000 so‘mdan boshlab

1-chizma

Sizning 2 xonali xonadoningiz
439 000 000 so‘mdan boshlab

1-chizma

2-chizma

3-chizma

4-chizma

5-chizma

Sizning 3 xonali xonadoningiz
600 000 000 so‘mdan boshlab

1-chizma

2-chizma

3-chizma

Sizning 4 xonali xonadoningiz
808 000 000 so‘mdan boshlab

1-chizma

2-chizma

3-chizma

4-chizma

5-chizma

Sizning xonadoningiz
shu yerda joylashgan